Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugundan e’tiboran Yevropa fuqarolarining Britaniyaga kirishlarida xorijiy pasport talab etiladi
10:03 / 2021-10-01

Bugun, 1 oktyabrdan boshlab Buyuk Britaniyada Yevroittifoq, Yevropa iqtisodiy hududi va Shveysariya fuqarolarining uchinchi dunyo mamlakatlari fuqarolari bilan tenglashtiriluvchi qoidalar kuchga kirdi, deyiladi “REGNUM” xabarida.

Bu bugundan e’tiboran yevroittifoqlik fuqarolar Britaniyaga xorijiy pasport bilangina kirishini, milliy shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar o‘tmasligini anglatadi.

London mazkur qaror haqida 2020 yilning oktyabrida ma’lum qilgandi.

Shaxsni tasdiqlovchi soxta hujjatlarga qarshi kurash bunda asosiy maqsad sifatida ko‘rsatilgan.

“Biz bu orqali mamlakatga kirishga uringan jinoyatchilarning yo‘lini to‘samiz”, deyiladi qirollik ichki ishlar vaziri Priti Patelning bayonotida.

Vazirning aytishicha, bu mamlakatning “Brexit”dan keyingi migratsiya tizimi nazoratini qo‘lga olishga imkon yaratadi.

Yangi qoida Britaniyada yashovchi Yevroittifoq, Yevroiqtisodiy hudud va Shveysariya fuqarolariga tatbiq etilmaydi.