Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun yurtimizda tahsil olayotgan talabalar 1,5 million nafardan oshdi
10:55 / 2025-11-17

17 noyabr — Xalqaro talabalar kuni

Mamlakatimizda keyingi yillarda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar uchun keng imkoniyat va zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada oliy o‘quv yurtlari qamrovi kengayib, jahon standartlariga munosib ta’lim jarayonlari shakllandi.

Yurtimizda OTMlar soni 8 yil ichida 77 tadan 205 taga yetdi (101 ta davlat, 31 ta xorijiy va 73 ta nodavlat). Talabalar soni 2017 yildagi 279 ming nafardan bugungi kunda 1,5 million nafardan oshdi.   Bu — mamlakat aholisining qariyb 4 foizini tashkil etadi. Talabalar respublikamizdagi 205 ta oliy ta’lim muassasasida bilim olmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston OTMlarida 16 597 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda, ularning 11 ming nafardan ortig‘i tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydi.

Bugun, 17 noyabr — Xalqaro talabalar kuni.

Eslatib o‘tamiz, bu kun 1946 yildan buyon keng nishonlanish boshlangan. Bayram chexiyalik vatanparvar talabalarning xotirasiga bag‘ishlanib joriy qilingan. 1946 yil 17 noyabr kuni Praga shahrida butun dunyo talabalar kongressida tasdiqlangan.

A.RUSTAMOV, O‘zA