Bugun yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkaziladi
Bahraynda yoshlar o‘rtasida III Osiyo o‘yinlarining bugungi dasturidan tekbol, kabaddi va voleybol sport turlari bo‘yicha bellashuvlar joy olgan. Shuningdek, musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham o‘tkaziladi.
Xar bir kompleks musobaqalarda ishtirokchi davlatlar bayrog‘ining ko‘tarilishi tantanali marosimga aylanib ketgan. Bugun Bahraynda III Osiyo yoshlar o‘yinlarida qatnashayotgan mamlakatlarning bayrog‘i ko‘tarildi. Jumladan, musobaqada 5 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda boraëtgan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ham sarbaland bo‘ldi.


Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston sport delegatsiyasi jami 6 medal bilan 45 ta davlat orasida peshqadamlik qilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA