English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun yosh shaxmatchilarimiz jahon chempionatida gruziyalik tengdoshlari bilan bellashadi
11:08 / 2025-08-04

Shu kunlarda AQSH poytaxti Vashingtonga yaqin Aleksandriya shahrida shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari jamoalari o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

40 dan ziyod davlatdan 55 ta maktab o‘quvchilaridan iborat jamoalar qatnashayotgan chempionatda joriy yil O‘zbekistonda shaxmat bo‘yicha “Maktablar ligasi” musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Wisdom” jamoasi Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Ortda qolga 2 ta tur o‘yinlari natijasiga ko‘ra, bitta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat holatida “Wisdom” jamoasi 2 ochko bilan 55 ta jamoa orasida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 34-qatorda bormoqda.

Chempionatda qatnashayotgan 11 ta jamoa 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, 6 ta jamoa 3 ochkoga ega, 18 ta jamoa hisobida 2 ochko mavjud.

Bugun, 4 avgust kuni musobaqaning 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda Sherali Ravshanov, Oriyat Obidjonov, Madinabonu Xalilova va Sarvinoz Bekmuratovadan iborat O‘zbekiston jamoasi Gruziyaning “Kutaisi School 41” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, 8 ta turdan iborat bo‘lgan jahon chempionati musobaqalari 6 avgustga qadar o‘tkaziladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA