Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Yevropa parlamentida Afg‘oniston masalasidagi favqulodda eshituv bo‘lib o‘tadi
09:49 / 2021-08-19

Bugun – 19 avgust kuni Yevropa parlamentida Afg‘oniston masalasidagi favqulodda eshituv bo‘lib o‘tadi.

“REGNUM” xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Yevroparlamentning tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi a’zolari va Afg‘oniston bo‘yicha Yevroparlament delegatsiyasi ishtirok etadi. Shuningdek, yig‘ilishga Yevroittifoqning tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ham taklif qilingan.  

 Eslatib o‘tamiz, yaqinda Borrel matbuot anjumanida navbatdagi gumanitar tanazzulga yo‘l qo‘ymaslik uchun Yevroittifoq Tolibonlar harakati bilan imkon qadar tezroq muloqotni boshlash kerakligini aytgandi.