Bugun Yevrokengash rahbari Sharl Mishel Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi
Yevrokengash rahbari Sharl Mishel bugun, 14 dekabrda Bryusselda Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi, deyiladi “TASS” xabarida.
Yevroittifoqning yuqori martabali rasmiysi 15 dekabrda Bryusselda bo‘luvchi “Sharqiy hamkorlik” sammiti oldidan bu haqda jurnalistlarga ma’lumot berib: “Yevrokengash rahbari Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari bilan dastlab ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi, keyin esa uchrashuv uch tomonlama bo‘ladi”, deb ta’kidladi.