Bugun "Yevro-2024" start oladi
Bugun, 14 iyun kuni Germaniya yashil maydonlarida Yevropa chempionati boshlanadi. Musobaqaning ochilish o‘yinida "A" guruhidan o‘rin olgan Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
14 iyul kuniga qadar davom etadigan Yevropa chempionati Germaniyaning 10 ta shahrida o‘tkaziladi.Turnirda 24 ta jamoa ishtirok etadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-offga yo‘l olsa, yana eng yaxshi uchinchi pog‘ona sohiblari ham ular qatoriga qo‘shiladi.


O‘zbekistonlik muxlislar mazkur chempionatni "Zoʼr tv" kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishlari mumkin. Darvoqe, "Yevro-2024"ning ilk o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA