Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Xalqaro yo‘qolgan bolalar kuni nishonlanmoqda
17:22 / 2023-05-25

Odatda odamlar yaxshi kunlarni nishonlashadi. Bunday kunlar xoh oilada bo‘lsin, hoh xalq orasida, bayramga aylanadi. Ming afsuski, shunday kunlar ham bo‘ladiki, bu kunlar qayg‘u, xavotir, qo‘rquv bilan eslanadi. Chunki shu yo‘l bilan xalqaro hamjamiyatni xavotirga solayotgan muammoga yanada kengroq e’tibor qaratiladi. Bu kun barchani hushyorlikka chorlaydi. Ana shunday kunlarning biri 25 may – Xalqaro yo‘qolgan bolalar kuni (International Missing Children Day).

Yo‘qolgan bolalar kunini nishonlash g‘oyasi ilk bor AQSHda paydo bo‘lgan. 1979 yil 25 may kuni maktabga ketayotgan 6 yoshli amerikalik Itan Pats yo‘lda yo‘qolib qoladi, uni topib bo‘lmadi. Oradan to‘rt yil o‘tib, ya’ni, 1983 yilda AQSH prezidenti Ronald Reygan 25 mayni yo‘qolgan bolalar Milliy kuni deb e’lon qildi.

1984 yilda AQSHda yo‘qolgan va ekspluatatsiya qilinayotgan bolalarni qidirish Milliy markaziga  (National Center for Missing and Exploited Children, NCMEC) asos solindi.  

Amerika tashabbusi Yevropa hamjamiyati tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.  1998 yilda yo‘qolgan va ekspluatatsiya qilinayotgan bolalarni qidirish Xalqaro markazi tashkil etildi (ICMEC), Markazning rasmiy ochilishi 1999 yil aprel oyida bo‘lib o‘tdi.

1998 yilda ICMEC tashabbusi bilan yo‘qolgan bolalarni qidirish Markazlarining global tarmog‘i (GMCN) yaratildi. Tarmoq bazasida dunyo bo‘yicha yo‘qolgan bolalarning fotosuratlari va u haqdagi ma’lumotlari turli tillarda saqlanadi. Hozirda GMCN tashkilotiga 30 ta mamlakat a’zo.

Yo‘qolgan va ekspluatatsiya qilinayotgan bolalar Xalqaro markazining sa’y-harakati bilan 2001 yil 25 mayda ilk bor Xalqaro yo‘qolgan bolalar kunini nishonladi.

Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalar kuni tadbirlarining maqsadi jamoatchilik e’tiborini bolalarni o‘g‘irlash, og‘ir hayotiy vaziyatlar va noqonuniy ekspluatatsiyadan himoya qilish muammosiga qaratishdan iborat.

Yo‘qolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalarni qidirish xalqaro markazi (ICMEC)ning turli mamlakatlar rasmiylari tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib tayyorlagan hisobotiga ko‘ra, Kanadada 2022 yilda 30 ming 840 nafar bola bedarak kegan,  Janubiy Koreyada 2022 yilda 26 ming 416 nafar bolani  topishning imkoni bo‘lmadi. AQSHda 2021 yilda 359 ming 94 nafar bola yo‘qolgani qayd etilgan, Italiyada 2021 yilda 12 ming 117 nafar voyaga yetmagan bola bedarak yo‘qolgan, Germaniyada  83,9 ming, Avstraliyada  34 ming nafar 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning daragi topilmadi. Fransiyada 2021 yilda politsiya va jandarmeriya yo‘qolgan bolalar haqida 43 ming 870 ta xabar olgan. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining tasdiqlashiga ko‘ra, mamlakatda  har yili 40 mingga yaqin bola yo‘qoladi.

Rossiyalik mutaxassislarning fikricha, mamlakatda bolalarning yo‘qolishi holatlarining atigi 10 foizi jinoyatlar yoki baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq, ko‘pincha ular o‘zlari uydan yoki bolalar bog‘chasidan qochib ketishadi.

Mutaxassislar bolalarning g‘oyib bo‘lishida mavsumiylikni ajratib ko‘rsatishmaydi, lekin yozda yo‘qotish tabiiy muhitda, suv bo‘yida dam olish paytida va yilning boshqa vaqtlarida, shaharlarda sodir bo‘lishini ta’kidlashadi.

Yo‘qolgan bola bilan uchrashgan taqdirda, mutaxassislar qarindoshlarning aloqalarini aniqlashtirishni, politsiyani chaqirishni va hech qachon bolani o‘zi bilan olib ketmaslikni tavsiya qiladi.

Bundan tashqari, mutaxassislar noma’lum shaxslar qanday qilib birovning bolasini olib ketayotgani yoki olib ketayotganini ko‘rgan odam nima qilish kerakligi haqida tavsiyalar ishlab chiqqan. Notanish odam bola yetaklab ketayotgan bo‘lsa, bolaga “Senga yordam kerakmi? Bu odamni taniysanmi?” qabilida savollar berish kerak va uning javobini baholash kerak. Hodisa haqida zudlik bilan tegishli idora xodimlariga xabar berish zarur bo‘ladi. Agar biror kishi bolani tashlab qochib ketgan bo‘lsa, u qayerga qochib ketganini, uning maxsus belgilarini va fotosuratga kiritilmagan kiyim tafsilotlarini eslab qolish kerak, deydi mutaxassislar.

O‘zA