Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun — Xalqaro Olimpiya kuni
10:20 / 2023-06-23

Bugun, 23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni. 1894 yil aynan ushbu sanada baron Per de Kuberten tomonidan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga asos solingan.

Bugungi kunda mazkur bayram butun dunyoda tinchlik va salomatlik elchisi sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.  

Yurtimizda ham ushbu sana har yili o‘zgacha tarzda qarshi olinadi. Joylarda ommaviy sport tadbirlari tashkil etiladi. Yugurish musobaqalari uyushtiriladi.  

Joriy yilgi Xalqaro Olimpiya kuni yurtimizda 25 iyun kuni «Yangi nafas» ommaviy yugurish tadbirlari bilan hamohang tarzda tashkil etiladi. 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yana ikki kundan keyin poytaxtimiz Toshkent va mamlakatimizning 15 ta hududida bir vaqtda boshlanadigan ommaviy yugurish tadbirlarida 50 mingdan ortiq yuguruvchi ishtirok etishi kutilmoqda.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA