English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun – xalqaro avtomobilsiz kun
07:55 / 2023-09-22

Dunyo bo‘ylab bugun — 22 sentyabr xalqaro avtomobilsiz kun sifatida nishonlanadi.

Bu sana 1995 yildan beri World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun dunyodagi avtomobil va mototsikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. 

Ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi. 

Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2021 yildan boshlab 22 sentyabr respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilingan. 

Bu kunda shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

O‘zA