Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun “World Boxing” kubogida 3 nafar bokschimiz jang o‘tkazadi
11:17 / 2025-07-01

Qozog‘istonning Ostona shahrida 30 ga yaqin davlatning 250 nafar bokschisi ishtirokida “World Boxing” kubogi bahslari davom etmoqda.

Kecha xalqaro musobaqaning birinchi kungi janglarida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Sabina Boboqulova -51 kilogramm vaznda angliyalik Kelsey Oakleyni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. "Parij-2024" Olimpiadasi ishtirokchisi Sitora Turdibekova -60 kilo og‘irlikda turkiyalik Gizem Ozerga 1:4 ko‘rinishida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 1 iyul kungi janglarda terma jamoamizning 3 nafar a’zosi ringga ko‘tariladi.

-54 kilogrammda Feruza Kazakova qozog‘istonlik Anel Sakish bilan, -57 kilogrammda Xumorabonu Mamajonova Xitoy taypeylik Shi-Yi Vu bilan, -75 kilogrammda Aziza Zokirova polshalik Oliviya Toborek bilan kuch sinashadi.

“World Boxing” kubogi musobaqalari 6 iyulga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA