Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun VI Islom birdamligi o‘yinlarining so‘nggi kungi bahslari o‘tkaziladi
09:42 / 2025-11-21

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Hususan, yengil atletika bo‘yicha uzunlikka sakrash yo‘nalishida Anvar Anvarov oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, qilichbozlikning jamoaviy rapira bellashuvlarida erkaklar terma jamoamiz, shpagada ayollar termamiz birinchi o‘rindan joy oldi.

Shuningdek, Svetlana Oqnazarova ayollar kurashi (-68 kg), O‘g‘iloy Norboyeva ko‘pkurashda kumush medalga ega chiqdi. Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoasi kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, para nayza uloqtirishda Natalya Semyonova, erkin kurashda G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) va Umidjon Jalolov (-65 kg), ayollar kurashi bo‘yicha Nigina Sobirova bronza medaliga ega chiqdi.

Ushbu natijadan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi 29 oltin, 34 kumush va 30 bronza jami 93 ta medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rindan joy olmoqda. Ushbu jadvalda Turkiya 71 ta oltin, 44 ta kumush va 35 ta bronza medal bilan karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, eronlik sportchilar 25 ta oltin, 19 ta kumush, 30 ta bronza medaliga ega chiqib, uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Bugun, 21 noyabr kuni VI Islom birdamligi o‘yinlarining so‘nggi kunida vakillarimiz jiu jitsu, para pauerlifting va erkin kurash kabi sport turlarida chiqish qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA