Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun ulkan asteroid yerga yaqinlashadi
10:26 / 2021-05-14

Hajmi Xeops ehromidek keluvchi yirik “2015 KJ19” asteroidi bugun, 14 may kuni yerga yaqinlashadi. NASA ma’lumotida keltirilishicha, asteroidning diametri 88 metrdan 200 metrgacha, balandligi esa 147 metrgacha boradi.

Asteroid bugun, kunning ikkinchi yarmida Yerga yaqinlashadi. Xabarga ko‘ra, uning Yerdagi tushishi ehtimol tutilgan nuqta Oy sayyorasi uzoqligiga nisbatan olinganda 15 marta olis masofada bo‘lishi mumkin. Shu tariqa asteroid Yerga hech qanday havfni vujudga keltirmaydi. Ta’kidlanishicha, asteroidning Quyosh tegrasidagi aylanishi Yerdagi 1094 kecha-kunduzga teng.