Bugun UEFA Chempionlar Ligasi 2018-2019 yilgi mavsumiga start beriladi
Albatta, har bir futbol ixlosmandi uchun bu turnir eng yaxshilaridan biri boʻlib qoladi. Yevropa klublari oʻrtasida kechadigan musobaqaning bugun navbatdagi mavsumi boshlanadi.
Albatta, har bir futbol ixlosmandi uchun bu turnir eng yaxshilaridan biri boʻlib qoladi. Yevropa klublari oʻrtasida kechadigan musobaqaning bugun navbatdagi mavsumi boshlanadi.
18-sentabr oqshomi va tuniga belgilangan uchrashuvlar bilan tanishing.
Soat 22:00da boshlanadigan uchrashuvlar*
“B”
Barselona – PSV
Inter – Tottenxem
Soat 00:00da boshlanadigan uchrashuvlar
“A”
Monako – Atletiko Madrid
Bryugge – Borussia Dortmund
“C”
Srvena Zvezda – Napoli
Liverpul – PSJ
“D”
Shalke 04 – Portu
Galatasaray – Lokomotiv Moskva
Qolgan “E” “F” “G” “H” guruhlaridagi oʻyinlar 19-sentabr sanasiga belgilangan.
Bu hafta koʻrishimiz mumkin boʻlgan uch voqea
Agar voqealar rivoji shu zaylda boradigan boʻlsa, bir necha xursandchiliklar guvohi boʻlishimiz mumkin.
1) Portu darvozaboni Iker Kasilyas UEFA Chempionlar Ligasida 20 mavsum ishtirok etib, rekord oʻrnatishi mumkin.
2) Tomas Myuller UEFA Chempionlar Ligasida 100 ta oʻyinda maydonga tushgan 35 oʻyinchi boʻlishi mumkin.
3) Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar Ligasida “Yuventus” safida debyutini oʻtkazadi. Ronaldu 2009 yilgi finalda “Manchester Yunayted” safida harakat qilgan edi. Oradan 9 yil oʻtib esa “qizil iblislar” bilan bir guruhda, keyingi bosqichga chiqish uchun oʻynaydi.
Debyutantlar bormi?
Ha. “Yang Boyz”, “Xoffenxaym”, “Srvena Zvezda” jamoalari. Ushbu klublarning debyuti, UEFA Chempionlar Ligasi tashkil etilganidan buyon guruh bosqichida ishtirok etgan jamoalar sonini 140 taga yetkazadi.
Final
1-iyun, Shanba. Madrid.
Estadio Metropolitano
UEFA chempionlar ligasining markaziy oʻyinlari Respublikamiz hududida UzReportTV hamda FutbolTV telekanallari orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
* - Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.