French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun uch dzyudochimiz Tel-Avivda tatamiga chiqadi
09:55 / 2022-02-17

Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi sovrin jamg‘armasi 154 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa boshlandi.

«Shlomo Arena»da o‘tuvchi turnirda dunyoning 34 davlatdan jami 298  nafar dzyudochi medallar hamda reyting ochkolari uchun o‘zaro raqobatlashadi. Mazkur musobaqaning bugungi dasturida ayollar -48, -52, -57 kg., erkaklar esa -60 va -66 kg. vazn toifalarida bellashadi. 

Unda yurtimiz sharafini uch nafar dzyudochi – Diyora Keldiyorova , Mirzohid Muhammadjonov va Bobur Vadjiyev himoya qiladi.  

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz: 

-52 kg.: Diyora Keldiyorova - Saltanat Sultanbekova (Qozog‘iston) 
-60 kg.: Mirzohid Muhammadjonov - Irakli Kupatadze (Gruziya) 
-66 kg.: Bobur Vadjiyev - Yarin Menaged (Isroil) 


Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA