Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Turkmanistonda prezident saylovi
10:20 / 2022-03-12

Qardosh Turkmanistonda bugun ertalab soat 7.00 da 2577 ta (qiyos: O‘zbekiston Prezidenti saylovida 10760 ta saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatgan) saylov uchastkasi o‘z eshiklarini ochdi va davlat rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylov boshlandi.

Aslida, Gurbanguli Berdimuhamedovning vakolati muddati 2024 yilgacha belgilangandi.

Mamlakatdagi eng yuqori lavozimni egallash uchun 9 nomzod da’vogar. Ular orasida amaldagi prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov ham bor.

Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yil fevral oyi o‘rtalarida "yoshlarga yo‘l ochib berish lozimli"gini ta’kidlagandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi yetakchi saylovdan keyin parlament yuqori palatasi rahbarligida qolish niyatini bildirgan.

O‘zA