Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun
09:30 / 2020-12-23

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrda Farg‘ona shahrida tavallud topgan.

O‘rta Osiyo Davlat universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiriligidan boshlaydi.  

U mamlakatimizdagi markaziy gazeta-jurnallarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi singari mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.

U “Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shgan so‘z san’atkoridir.

Lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon Asqad Muxtor 1997 yil 17 aprel kuni vafot etgan.

* * *

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.  

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.  

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru  

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37  

Saytimizni kuzatib boring!