O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v. b. Xolmurod Salimov 1974 yil 20 iyun kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan.
Xolmurod Salimov 1998 yilda Samarqand davlat universitetining jurnalistika bo‘limini tamomlagan.
Kasbiy faoliyatini Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida boshlab, o‘tgan davr mobaynida bir qator ommaviy axborot vositalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda muxbir, maxsus muxbir, sharhlovchi, yetakchi sharhlovchi, yetakchi muharrir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali qoshidagi “Diyor” telekanalida bo‘lim boshlig‘i, “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalarida bo‘lim mudiri, bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
Xolmurod Salimov 2018 yildan buyon O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyatida faoliyat olib bormoqda. 2020 yil oktyabr oyidan 2021 yil iyun oyigacha Uyushma rahbari vazifasini bajargan. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Boshqaruvining tegishli qaroriga binoan 2023 yil 25 yanvardan Uyushma raisi vazifasini bajarib kelmoqda.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @U_Qurbonov
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru