O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva 1956 yil 24 iyulda Andijon viloyatida tug‘ilgan.
Tanzila Norboyeva 1981 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1974 yil Shahrixon tumanidagi maktabda o‘qituvchilik bilan boshlagan. 1975-1995 yillar davomida ta’lim muassasalari, tashkilotlarda turli lavozimlarda va Xalq demokratik partiyasida faoliyat olib borgan.
Tanzila Norboyeva 1995-2010 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2010-2016 yillarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi bo‘lgan.
Tanzila Norboyeva 2019 yil Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senat Raisi lavozimiga saylangunga qadar (2016-2019 yillar) O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
Tanzila Norboyeva “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!
O‘zA