O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi raisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Sodiqjon Turdiyev 1952 yil 3 dekabrda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan.
U 1975 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni tamomlagan. Sodiqjon Turdiyev mehnat faoliyati davomida qator davlat idoralarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Xususan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O‘zbekiston Fermerlari Kengashi raisi, Jalaquduq tumani hokimi vazifalarida samarali mehnat qilgan.
Sodiqjon Turdiyev 2012 yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.
* * *
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta; @muloqotpochta_bot
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru;
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!