O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Toshmatov 1979 yil 5 iyun kuni tavallud topgan.
Yetakchi sport menejeri sifatida shakllangan Sherzod Toshmatov mamlakatimizda muay-tay, boks, taekvondo sport turlari rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Faoliyati mobaynida O‘zbekiston muay-tay federatsiyasi raisi, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifalarida mehnat qildi.
Bokschilarimizning 2016 yilgi Rio Olimpiadasida tarixiy natija qayd etishida, 2015-2018 yillar mobaynida charm qo‘lqop ustalarimizning jahon va qit’a chempionatlarida zafar quchishida, yurtimizda "Uzbek Tigers" boks jamoasining tashkil etilishida Sherzod Toshmatovning alohida xizmatlari bor.
2019 yildan Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi vazifasini bajarib kelayotgan Sherzod Toshmatov yetakchiligidagi mamlakatimiz taekvondochilari qit’a va jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida tarixiy g‘alabalarga erishdi. Xususan, Ulug‘bek Rashitov, Svetlana Osipova singari o‘nlab nomdor taekvondochilar avlodi xalqaro sport maydonlarida Vatanimiz sharafini ulug‘lab kelmoqda.
Sherzod Toshmatov davlatimiz tomonidan "Mehnat shuhrati" va “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan.
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37