Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Sherzod Tashmatov
16:16 / 2022-06-05

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov 1979 yil 5 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Sherzod Tashmatov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyatining asosiy qismini o‘zbek sportini rivojlantirishga bag‘ishlab kelmoqda. Xususan, O‘zbekiston muaytay va boks federatsiyalari, shuningdek, taekvondo assotsiatsiyalarida muvaffaqiyatli ishladi.

Bokschilarimizning Rio-2016 Olimpiya o‘yinlaridagi zafarli ishtirokida uning ham xizmatlari katta bo‘lgan. Sherzod Tashmatov Osiyo boks Konfederatsiyasi vitse-prezidenti, tashkilot Ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan.

Uning O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi boshqaruvidagi faoliyatini ham e’tirof etish lozim. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida taekvondochilarimiz ilk bor to‘liq tarkibda 4 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi. Qolaversa, Ulug‘bek Rashitovning undagi oltin medali mustaqil O‘zbekiston uchun mazkur sport turida Olimpiadalardagi dastlabki muvaffaqiyat bo‘ldi.

Sherzod Tashmatov “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!