English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Sardor Umurzoqov
18:56 / 2022-11-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov 1977 yil 23 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan.

Sardor Umurzoqov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

U 2000-2003 yillar davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (dastlab bosh ofisda, so‘ng Samarqanddagi bo‘linmada) ishlagan. 2003 yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) faoliyat boshlagan. 2007 yil O‘zbekistonga qaytgach Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qildi.

2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.

2019 yil 28 yanvarda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan, 2020 yil 10 martda esa Bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.

Sardor Umrzoqov shu yilning iyul oyida Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

***

P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!