«Yangi O‘zbekiston» va «Pravda vostoka» gazetalari tahririyati” DK bosh muharriri Salim Doniyorov 1970 yil 8 iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan.Salim Doniyorov 1992 yil Moskva davlat pedagogika universitetini, 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Oliy biznes maktabini tamomlagan. Shuningdek, u filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari birlashgan tahririyatida muxbir sifatida boshlagan. 2007 yilda «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari birlashgan tahririyati yetakchi koordinatori, bosh muharrir o‘rinbosari etib tayinlandi. 2011 yildan boshlab o‘rindoshlik asosida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida loyiha rahbari, 2017 yil fevral oyidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bosh inspektori, 2018 yil yanvar oyidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati sho‘’ba mudiri, 2018 yil 23 maydan «Pravda Vostoka» gazetasi tahririyati» DK bosh muharriri lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.
U 2020 yil 5 yanvardan «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati» DK bosh muharriri etib tayinlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37