“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashur 1964 yil 16 dekabrda Tojikiston Respublikasi Qo‘rg‘ontepa viloyatida tug‘ildi.
Ijodkorning oilasi 1974 yil Surxondaryo viloyati Qiziriq tumaniga ko‘chib keladi. Salim Ashur 1982 yil Qiziriq tumanidagi 17-maktabni tugatib, Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida tahsil oldi.
Salim Ashur mehnat faoliyati davomida “Saodat” jurnali, “O‘zbekiston ovozi”, “Yozuvchi” gazetalarida turli vazifalarda, “Turkiston” va “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari bosh muharrir bo‘lgan. Shu yil “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri vazifasiga tayinlangunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul vazifada ishlagan.
Salim Ashurning “Yashil giyoh” nomli birinchi kitobi 1994 yilda nashr qilingan. Shundan so‘ng “Atirgul”, “Siz ertaga kelasiz”, “Atalgan kunlar”, “Sensiz”, “Darz”, “Ona tilim”, “Kelajakka qadam”, “Mashinalar karvoni” nomli kitoblari chop etilgan.
* * *
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @muloqotpochta_bot
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!