Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Rahmat Mamatov
10:36 / 2021-12-10

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, Oliy Majlis Senati a’zosi Rahmat Mamatov 1967 yil 10 dekabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan.

Rahmat Mamatov mehnat faoliyati davomida mas’ul lavozimlarda ishlab kelmoqda. Xususan, Nishon tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i, Qarshi shahar IIB Jinoyat-qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 1-bo‘lim boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, Bahoriston, Yakkabog‘, Qarshi tumanlari, Qarshi shahar IIB boshlig‘i, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Respublika mahallalar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Rahmat Mamatov 2020 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. U 2019 yilda “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan.