Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Normat Tursunov
19:20 / 2025-06-07

Navoiy viloyati hokimi, senator Normat Tursunov 1972-yil 7-iyunda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug‘ilgan.

Normat Tursunov 1994 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1999 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.  

Mehnat faoliyatini 1994 yil Toshkent shahrining Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan. 2010 yildan 2021 yilgacha Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Normat Tursunov 2021 yil 8 noyabrdan buyon Navoiy viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.  

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.  

Telegram: @UzA_pochta, @U_Qurbonov

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru