Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov 1972 yil 7 iyunda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug‘ilgan.
Normat Tursunov 1994 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini, 1999 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1994 yil Toshkent shahrining Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa tumani) tumani davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.
2010 yildan 2021 yilgacha Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Normat Tursunov 2021 yil 8 noyabrdan buyon Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!