Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun - Muzaffar Hamdamov
18:47 / 2023-03-27

Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimi Muzaffar Hamdamov 1980 yil 27 martda Toyloq tumanida tug‘ilgan.

Muzaffar Hamdamov 1999 yil Samarqand Bank kollejini, 2005 yil Toshkent moliya institutini tugatgan. Mehnat faoliyatini Toyloq tumani hokimligi moliya bo‘limi bosh hisobchisi o‘rinbosari vazifasidan boshlagan. Keyinchalik turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i, viloyat Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Muzaffar Hamdamov 2019 yildan buyon Paxtachi tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!