“Saodat” jurnali bosh muharriri, shoira Munavvara Usmonova 1965 yilning 13 iyunida Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan.
Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
Munavvara Usmonova Marhamat tumani aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi kadrlar bo‘limi inspektori (1984-1990), tuman ijroiya qo‘mitasi onalik va bolalikni muhofaza qilish sektori mudiri (1990-1992), Marhamat tuman hokimi o‘rinbosari (1992-1996), O‘zbek va xorij tillari gimnaziyasi direktor o‘rinbosari (1996-2001), Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey direktori o‘rinbosari (2001-2007), "Saodat" jurnali adabiy bo‘lim muharriri (2008-2010), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi (2010-2018) sifatida faoliyat olib borgan.
2018 yildan “Saodat” jurnali bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shoiraning “Diydor”, “Sizga o‘xshasin”, “Sog‘inch manzili”, “Yuragimdasan, Vatan”, “Bunday elni qaydan topasan”, “Keragimsiz” kabi she’riy kitoblari hamda “Vatan − ulug‘ darsxona” nomli publitsistik maqolalar to‘plami chop etilgan. Asarlari ozarbayjon, nemis, tojik, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.
Munavvara Usmonova “Shuhrat” medali, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoni, "Madaniyat va san’at fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
O‘zA