O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov 1974-yil 4-mayda Nurota tumanida tug‘ilgan.
Jahongir Sarimsoqov 1996 yil Toshkent davlat universitetini, 2005 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2020 yil Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tugatgan.
U mehnat faoliyatini 2000 yil Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi huquqiy targ‘ibot bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlab, keyinchalik qator mas’ul lavozimlarda mehnat qildi.
Xususan, sobiq “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati bo‘limi kengashi raisi, Uchquduq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Navoiy viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi bo‘lgan.
Jahongir Sarimsoqov 2016 yildan buyon O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz,
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!