Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Ikrom Otamurod
10:02 / 2021-05-05

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Ikrom Otamurod 1951 yili 5 mayda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan.

Ikrom Otamurod 1975 yildan boshlab “Sharq yulduzi” jurnalida ishlab kelmoqda.

Shorning “Vaqt ranglari”, “Janub qushlari”, “To‘rg‘ayli manzillar”, “Ufqlar orti bepoyon”, “Uzoqlashayotgan og‘riq” she’riy kitoblari o‘tgan asrning 80-yillar adabiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. 90 yillardan boshlab shoir she’riyatida lirik-falsafiy yo‘nalish ustuvor bo‘lib kelmoqda. “Uzoqlashayotgan og‘riq”, “Sopol siniqlari”, “Sen”, “Ruhimning qayg‘usi”, “Ichkari va tashqari”, “Istarim”, “Ko‘nglim o‘zing”, “Tanazzul”, “Xaritaga tushmagan joy” , “Muqaddar”, “Yobondagi yolg‘iz daraxt”, “Qush” kabi she’riy kitoblari va dostonlarida shoirning betakror badiiy usuli va ijodiy mahorati e’tiborni tortadi.

Ikrom Otamurod jahon adabiyotidan Uolt Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtushenko, O‘ljas Sulaymon kabi ruhiyatiga yaqin shoirlarning she’r va dostonlarini yuksak badiiy mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qildi.

Ikrom Otamurod “Do‘stlik” ordeni bilan ham mukofotlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

 

Saytimizni kuzatib boring!