Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Firdavs Abduxoliqov
12:37 / 2021-08-10

O‘zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktori, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi, Butunjahon O‘zbekiston Madaniy merosi hamjamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov 1963 yil 10 avgustda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

Firdavs Abduxoliqov Samarqand davlat universitetining Rus tili filologiyasi va Iqtisodiyot fakultetlarini tugatgan.

Mehnat faoliyatini Samarqand shahridagi 33-sonli hunar-texnika bilim yurtida o‘qituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik viloyat Yoshlar markazi direktori, STV teleradiokompaniyasi bosh direktori, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati bosh konsultanti va boshqa mas’ul lavozimlarda ishlagan.

F.Abduxoliqov mamlakatda nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

U 1999-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlisning Yoshlar ishlari bo‘yicha komissiyasi raisi etib saylangan.

Firdavs Abduxoliqov 2011 yil O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. 2018 yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!