Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Botir Jabborov
11:35 / 2022-08-09

Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi Botir Jabborov 1975 yil 9 avgustda Narpay tumanida tug‘ilgan.

Botir Jabborov 1997 yil Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tugatgan. Mehnat faoliyatini Samarqand standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazi sertifikatlashtirish bo‘limi muhandisi vazifasidan boshlagan.

U bugungi kunga qadar qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, Samarqand viloyati hokimligi injiniring kompaniyasi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori, “O‘zstandart” agentligining Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Botir Jabborov 2020 yil Urgut tumani hokimi bo‘lgunga qadar Narpay tumani hokimi vazifasida ishlagan.

***

P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!