French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Behzod Yo'ldoshev
21:25 / 2023-05-09

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Yo'ldoshev Behzod Sodiqovich 1945 yil 9 mayda Toshkent shahrida tavallud topgan.

1968 yilda Toshkent davlat universitetining yadro fizikasi fakultetini tugatgan, 1971 yilda Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna)da nomzodlik, 1981 yilda fizika-matematika fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.  

O‘zR FA prezidenti (2000-2005-yy., 2017 yilda hozirgi vaqtga qadar) lavozimlarida ishlagan. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE, Vena, Avstriya)ning fan bo‘yicha maslahatchisi hamda Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna) bosh ilmiy xodimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Vashington va Stenford universitetlarida (AQSH) hamda Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida (Dubna, Rossiya) taklif etilgan professor sifatida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

Fermilab (AQSH) va TRIUMF (Vankuver, Kanada) milliy tezlatgichlar laboratoriyasida xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan bajarilgan ikkita ilmiy tajribaga rahbarlik (spokesman) qilgan. Hozirgi paytda Yevropa yadro tadqiqotlari markazining (CERN, Jeneva, Shveysariya) Katta Adron kollayderida (Large Hadron Collider) va Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida olib borilayotgan tadqiqotlarda ishtirok etmoqda.

Yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadro qurollarini tarqatmaslik bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan yirik loyihalarga rahbarlik qilgan.

400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya va 20 dan ortiq ixtirolar muallifi. Ilmiy rahbarligida 9 nafar fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlagan.

«Mehnat shuhrati» hamda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Fan arbobi» faxriy unvoniga ega.

***  

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.  

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.  

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev  

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru  

Telefon: (71) 233-21-37  

Saytimizni kuzatib boring!