Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Alisher Umarov
10:00 / 2021-07-24

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov 1962 yil 24 iyulda tug‘ilgan.

Alisher Umarov 1984 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlagan.

U 2004 yildan 2016 yilgacha BMT Xalqaro xodimi va YUNESKOning Jakartadagi (Janubiy-Sharqiy Osiyo bo‘yicha), Pnompendagi (Sharqiy Osiyo bo‘yicha), Moskvadagi (Mustaqil Davlatlar Hamkorligi va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha) va Nyu-Dehlidagi (Janubiy Osiyo bo‘yicha) vakolatxonalari Ta’lim departamenti boshlig‘i, 2016-2017 yillarda YUNESKOning Bosh qarorgohi qoshida Ta’lim sohasidagi siyosat, islohotlar va investitsiyalar bo‘yicha xalqaro eksperti bo‘lib ishlagan.

2017 yildan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, 2020 yil fevral oyidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat olib kelmoqda.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!