French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Alisher Sa’dullayev
07:59 / 2021-07-11

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev 1994 yil 11 iyulda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan.

U 2017 yil Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2017 yilda “RESULT” o‘quv markazi rahbarligidan boshlagan.

Alisher Sa’dullayev 2018 yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlagan. U O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi vazifasida ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2020 yil 30 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

Alisher Sa’dullayev 2021 yil «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

***

P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!

O‘zA