Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Abduqodir Toshqulov
17:32 / 2022-08-29

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduqodir Toshqulov 1976 yil 29 avgustda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan.

U 1998 yil Termiz davlat universiteti iqtisod fakultetini tamomlagan. Dastlab shu oliy ta’lim muassasasida o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan o‘rinosari bo‘lib ishlagan.

Keyinchalik viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi vazifalarida ishlagan. 2017 yildan 2021 yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlangunga qadar Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan.

Abduqodir Toshqulov 2020 yil “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari berib boriladi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!