O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qarshi shahri markazida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyat boshladi. Maktabda tashkil etilgan xiyobonda shoir haykali qad rostladi. Shuningdek, maktab negizida adibning barcha asarlari va boshqa ijodkorlarning kitoblaridan iborat kutubxona va muzey tashkil etildi.
Ijodkorning Qarshi shahridagi uyi peshtoqiga memorial lavha ham o‘rnatildi.
Shoir yurtini, odamlarni qanchalik sevgan, she’r va dostonlarida baralla kuylagan bo‘lsa, uni xalqimiz ham shunchalik ardoqlaydi.
Xalqning qalbidan chuqur joy olgan Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida ko‘p gapirish, yozish mumkin. Abdulla Oripov 2016 yil 5 noyabr kuni 75 yoshida vafot etdi. Shoir yozgan she’rlar esa yuraklarimizda yashayveradi.
Ushbu havola orqali saytimizning boshqa sahifasiga o‘tib, shoirning she’rlarini o‘qishingiz mumkin.
***
PS:Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!