O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova 1958 yil 10 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Elmira Bositxonova 1981 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini (hozirgi Tibbiyot akademiyasi) tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida sog‘liqni saqlash sohasida samarali ishlab kelmoqda.
Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida ish faoliyatini boshlagan Elmira Bositxonova shu muassasada ko‘p yillar bosh shifokor sifatida ishladi. U shuningdek, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
E.Bositxonova joriy yil 3 iyulda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Tibbiyot fanlari doktori Elmira Bositxonova O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi bo‘lgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari berib boriladi.
Mazkur ruknga endi Siz ham to‘lov asosida o‘z yaqinlaringizning tug‘ilgan kunlarini joylashtirish imkoniyatiga egasiz.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: uzauz@yandex.ru
Telefon: 71) 233-42-84, 71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!