Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun
10:14 / 2019-12-17

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xudoyberdi To‘xtaboev 1932 yilning 17 dekabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.


17 dekabr

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xudoyberdi To‘xtaboev 1932 yilning 17 dekabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

Xudoyberdi To‘xtaboev 1949 yil Qo‘qon pedagogika institutini, 1955 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan.

Ijodiy faoliyatini Farg‘ona viloyatidagi maktabda dars berishdan boshlab, keyinroq shu muassasada o‘quv ishlari mudiri va maktab direktori lavozimlarida ishlaydi. 1958 yildan bir qator markaziy gazetalarda faoliyat yuritadi. O‘quvchilar uning o‘sha paytlarda gazetalarda e’lon qilingan feletonlarini yaxshi biladi. Shuningdek, “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “Gulxan”, “G‘uncha”, “Yosh kuch” jurnallarida ijod namunalari bilan muntazam ishtirok etadi.

Uning “Sariq devni minib”, “Yillar va yo‘llar”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida”, “Jannati odamlar” kabi kitoblarini bilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak.

Xudoyberdi To‘xtaboevning ko‘plab tillarga tarjima qilingan asarlari, xususan, “Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasi xorijiy kitobxonlar orasida ham mashhurdir.

* * *

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi. 

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37 

Saytimizni kuzatib boring!