Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun
11:33 / 2020-01-10

“Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Chori Latipov 1958 yil 10 yanvarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan.


10 yanvar

“Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Chori Latipov 1958 yil 10 yanvarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan.

Chori Latipov 1980 yil Toshkent davlat pedagogika institutini (hozirgi universitet) tugatib, G‘uzor tumanidagi “Yangi hayot” gazetasiga muxbir bo‘lib ishga joylashgan. U mehnat faoliyati davomida qator markaziy nashrlarda ishladi. Xususan, “Ishonch” hamda “Mahalla” gezetalarida bosh muharrir bo‘ldi. Uning muharrirligi davrida «Qishloq hayoti» gazetasi «Oltin qalam» Milliy mukofotiga munosib ko‘rildi.

Chori Latipov “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklifyoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!