Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun
11:27 / 2019-12-25

O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali faxriy professori Shafoat Rahmatullaeva 1941 yil 25 dekabrda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tavallud topgan.


25 dekabr

O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali faxriy professori Shafoat Rahmatullaeva 1941 yil 25 dekabrda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tavallud topgan.

Shafoat Rahmatullaeva o‘rta maktabni tugatib, pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kiradi. O‘qishni tugatib, bir yil maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. U 1963 yil Teatr va rassomchilik oliygohining musiqali drama fakultetiga ham o‘qishga kiradi. Turli yillarda ko‘plab spektakllar bilan bir qatorda, “Mas’haraboz”, “O‘zimdan o‘zimgacha”, “Fidoyilar”, “Poyga”, “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib” kabi badiiy filmlarda suratga tushgan.

Shafoat Rahmatullaeva 2018 yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

* * * 

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi. 

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37 

Saytimizni kuzatib boring!