English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tugʻilgan kun
16:39 / 2020-08-31

Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir 1952-yil 31-avgustda Toshkent viloyati Parkent tumanida tugʻilgan.

31-avgust

Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir 1952-yil 31-avgustda Toshkent viloyati Parkent tumanida tugʻilgan.

U Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tamomlagan. Respublika radiosining bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida ishlagan. Ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari vazifasida ishlaydi.

“Ayt endi yuragim” nomli ilk toʻplami 1991-yilda chop etilgan. Shoirning “Biz nechun uchrashdik”, “Muhabbat shevasi”, “Oqib ketgan armonlar”, “Barmoqlar bodasi”, “Haqni tanib”, “Yuz toʻrtlik” toʻplamlari, “Saylanma”, “Ogoh boʻl, dunyo”, “Otamning oʻkinchi”, “Sheʼriy hikmat”, “Yangi Toshkentnoma”, “Bedorlarga bering dunyoni” majmualari nashr qilindi.

Mahmud Toirning “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari berib boriladi.

Mazkur ruknga endi Siz ham toʻlov asosida oʻz yaqinlaringizning tugʻilgan kunlarini joylashtirish imkoniyatiga egasiz.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: uzauz@yandex.ru

Telefon: 71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!