Bugun tugʻilgan kun
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Agrippina Shin 1958-yil 29-dekabrda Sirdaryo viloyatida tavallud topgan.
29-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Agrippina Shin 1958-yil 29-dekabrda Sirdaryo viloyatida tavallud topgan.
Pedagogika fanlari nomzodi Agrippina Shin mehnat faoliyatini 1980-yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida muhandislik lavozimidan boshlagan. 1987-2017-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli oʻrta hunar-texnika bilim yurtida ishlab chiqarish taʼlimi mutaxassisi, Toshkent shahridagi 4-sonli oʻrta hunar-texnika bilim yurti (hoziri Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji) direktorining oʻquv-ishlab chiqarish ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktori vazifalarida ishlagan.
Agrippina Shin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-oktyabrdagi tegishli farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vaziri etib tayinlangan.
* * *
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshgan va qoʻshayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!