Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tugʻilgan kun
16:05 / 2020-01-26

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi Alisher Xoʻjayev 1963-yil 26-yanvarda Toshkent viloyatida tugʻilgan.


26-yanvar

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi Alisher Xoʻjayev 1963-yil 26-yanvarda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

Alisher Xoʻjayev 1985-yil Samarqand Davlat universitetini tugatib, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Elektronika institutida mehnat faoliyatini boshlagan.

Keyinchalik qator idoralarda masʼul lavozimlarda mehnat qildi. Xususan, “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi davlat unitar korxonasida direktor, Oʻzbekiston Prezidenti Devoni Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligida bosh direktor oʻrinbosari, “UzInfoCom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazida direktor boʻlgan.

2005-2017-yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi boʻlgan Alisher Xoʻjayev 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida ishladi. Alisher Xoʻjayev 2017-yildan buyon Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi sifatidan faoliyat yuritib kelmoqda.

***

PS.: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshgan va qoʻshayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!