English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tugʻilgan kun
12:58 / 2020-01-20

Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Oʻtkirbek Shukurov 1983-yil 20-yanvarda Andijon tumanida tugʻilgan.


20-yanvar

Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Oʻtkirbek Shukurov 1983-yil 20-yanvarda Andijon tumanida tugʻilgan.

Oʻtkirbek Shukurov Andijon davlat tillar pedagogika instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tugatgan. U mehnat faoliyati davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

U 2019-yil Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari vazifasiga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Oʻtkirbek Shukurov “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshgan va qoʻshayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!