Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tugʻilgan kun
09:18 / 2020-06-12

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori, Oʻzbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov 1957-yil 12-iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan.


12-iyun

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori, Oʻzbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov 1957-yil 12-iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan.

Q.Sanaqulov 1979-yil Toshkent politexnika institutini (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. Muhandis-metallurg, texnika fanlari doktori, professor. U mehnat faoliyatini “Oʻzbekoltin” IB, Oʻzbekiston Respublikasi qimmatbaho metallar Davlat qoʻmitasidan boshlagan. Quvondiq Sanaqulov “Navoiy kon metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktoriligiga tayinlangunga qadar ham qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

U 2004-yil “Doʻstlik” ordeni, 2009-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, 2011-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. 2015-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilgan.

***

P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!