French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tugʻilgan kun
12:35 / 2020-03-10

Tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi Temur Shirinov 1950-yil 10-martda Jizzax viloyati Forish tumanida tugʻilgan.

10-mart

Tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi Temur Shirinov 1950-yil 10-martda Jizzax viloyati Forish tumanida tugʻilgan.

Ilk sivilizatsiyalar va davlatchilik tarixi boʻyicha taniqli mutaxassis Temur Shirinov 250 dan ortiq ilmiy, ilmiy-publitsistik ishlar muallifi sanaladi. Oʻnlab xalqaro ilmiy konferensiya, simpoziumlar qatnashchisi.

Germaniya Arxeologiya institutining muxbir aʼzosi, Yaponiya Tokio Soko universiteti va Polsha Varshava universitetlarining oliy darajadagi mukofoti sovrindori, Parij “Temuriylar davri tarixi va madaniyatini oʻrganuvchilar jamiyati” ning vitse-prezidenti.

OʻzR FA arxeologiya institutida laborant, katta ilmiy xodim, direktor, Samarqand Davlat universitetida rektor, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri lavozimlarida ishlagan, hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rahbari.

Temur Shirinov davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” (2001-yil) ordeni, Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi (2009-yil) faxriy unvoni, birinchi darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlarining sovrindori boʻlgan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshgan va qoʻshayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!