French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Toshkentda “Inson borlig‘i, Ruminiya tabiati” haqida film namoyish etiladi
14:27 / 2023-03-27

Bugun, 27 mart – dushanba kuni Toshkent Fransiya alyansida mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da Ruminiyaning “Shamol izlovchi” nomli badiiy filmi namoyish etiladi.

Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkent Fransiya alyansi hamkorligida tashkil etilgan Frankofoniya haftaligi doirasida namoyish etiladigan film umri nihoyasiga yetayotganda shahardan boshpana topib, yashash uchun yangi sabablar qidira boshlaydigan yigit haqida hikoya qilinadi.

2022 yil “Shamol izlovchi” filmi Bolgariya poytaxti Sofiyada o‘tkazilgan 26-xalqaro kinofestivalda “inson borlig‘ini aks ettirish mahorati, umuman, tabiat, kundalik hayotning go‘zalligini ochib bergani va kino tilidan foydalanish uslubi uchun” Xalqaro Kinomatbuot federatsiyasi mukofotini qo‘lga kiritgan.

Film rejissyori Mixay Sofronning so‘zlariga ko‘ra, ushbu film orqali tomoshabin e’tiborini “ XXI asr muammolariga” qaratish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 25 mart kuni Toshkent Fransiya alyansida “Buxarest – kichik Parij” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Ruminiya Frankofoniya mamlakatlari xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tayotgan haftalik doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Ko‘rgazma ochilishida Ruminiya elchisi Daniyel Kristian Chobanuning Ruminiya O‘zbekiston bilan barcha sohada hamkorlik qilishga tayyorligi, buning uchun barcha imkoniyat borligini ta’kidladi.

Bunday madaniy anjumanlarni tez-tez o‘tkazish odat tusiga aylangani xalqlarimiz o‘rtasidagi rishtalarni yanada mustahkamlashga zamin yaratishi tabiiy.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA